Linux fayil tizimi ?
Last updated
Last updated
Linux operatsion tizimida fayl tizimi daraxt ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘lib, u har doim root (/
) papkadan boshlanadi. Barcha fayllar va papkalar shu ildiz katalogidan (root) kelib chiqadi.
/ (Root - Ildiz katalog):
Barcha kataloglar va fayllar shu ildizdan boshlanadi.
U eng yuqori darajadagi direktoriyadir.
/usr (User System Resources):
Bu katalogda tizimga kerakli dastur va kutubxonalar joylashgan.
Undagi kichik kataloglar:
bin: Foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan buyruqlar.
include: Dasturlash uchun zarur header fayllar.
lib: Kutubxonalar.
local: Foydalanuvchilar tomonidan o‘rnatilgan mahalliy dasturlar.
/boot:
Tizim yuklash fayllari (kernel, initrd, grub fayllari) shu yerda saqlanadi.
Tizim yuklanishi uchun zarur.
/dev (Devices):
Tizimdagi barcha qurilmalar uchun fayllar (masalan, disklar, printerlar).
Linuxda qurilmalar fayl sifatida ishlaydi.
/etc (Configuration Files):
Tizim konfiguratsiya fayllari shu yerda joylashgan.
Masalan, passwd
, hosts
, va network
sozlamalari.
/home:
Foydalanuvchilarning shaxsiy kataloglari.
Har bir foydalanuvchi uchun katalog (masalan, /home/user1
).
/lib:
Operatsion tizim uchun zarur kutubxonalar.
Tizimdagi barcha asosiy dasturlar bu kutubxonalardan foydalanadi.
/media:
Vaqtinchalik ulashgan qurilmalar (masalan, USB disklar, CD-ROM) shu yerda ko‘rinadi.
/mnt (Mount):
Qo‘l bilan ulashgan fayl tizimlari uchun vaqtinchalik joy.
/opt:
Tizimga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish uchun katalog.
/bin:
Tizim foydalanuvchilari va administratori uchun umumiy buyruqlar (masalan, ls
, cp
, mv
).
/sbin:
Faqat tizim administratori ishlatadigan buyruqlar (masalan, fsck
, ifconfig
).
/srv (Service Data):
Serverda ishlatiladigan xizmatlar ma'lumotlarini saqlash.
/tmp:
Vaqtinchalik fayllar uchun katalog.
Operatsion tizim qayta yoqilganda bu katalog tozalanadi.
/var:
O‘zgaruvchan ma'lumotlar (masalan, loglar, vaqtinchalik fayllar).
Kichik bo‘limlari:
log: Tizim jurnal fayllari.
spool: Chop etish navbati va email ma'lumotlari.
/usr:
Katta katalog bo‘lib, unda boshqa kichik kataloglar bor:
share, src, sbin, bin, va boshqalar.
Ularning barchasi tizim foydalanuvchilari uchun kerak.
/opt:
Ixtiyoriy dasturlar va ularning o‘ziga xos kataloglari joylashgan.
/var:
O‘z ichida ko‘plab kichik kataloglarni o‘z ichiga oladi:
log, cache, mail, spool, tmp, va boshqalar.
/home katalogida o‘z ishlaringizni saqlang.
/etc katalogida tizim sozlamalarini o‘zgartirayotganda ehtiyot bo‘ling.
/var/log katalogidan tizim muammolarini aniqlash uchun foydalaning.
/tmp katalogiga faqat vaqtinchalik fayllarni saqlang.