Linux Ilova Menejeri (Package Manager)
Ilova menejeri (package-manager) – bu operatsion tizimda dasturlarni o‘rnatish, mavjud dasturlarni yangilash va o‘chirish jarayonlarini boshqaradigan vositadir. Linux operatsion tizimida har bir distributiv o‘ziga xos ilova menejeriga ega. Ushbu bo'limda sizga Linuxdagi apt buyrug‘idan foydalanishni bosqichma-bosqich o‘rgatiladi.
1 Ilova Menejerlari haqida umumiy ma‘lumot
Linuxning har bir distributivi ilova menejeriga ega. Quyida ayrim mashhur distributivlar va ularning ilova menejerlari keltirilgan:
Ubuntu/Debian
apt
Arch Linux
pacman
Fedora
dnf
openSUSE
zypper
Gentoo
emerge
Bu qo‘llanmada biz Ubuntu yoki Debian asosidagi tizimlarda ishlatiladigan apt menejerini ko‘rib chiqamiz.
2 APT haqida qisqacha
APT (Advanced Package Tool) Debian va Ubuntu kabi distributivlar uchun mo‘ljallangan ilova menejeridir. apt buyrug‘i orqali siz quyidagi funksiyalarni bajarishingiz mumkin:
Dasturlarni o‘rnatish
O‘rnatilgan dasturlarni yangilash
Dasturlarni o‘chirish
Paketlar haqida ma‘lumot olish
apt, apt-get va aptitude buyrug‘lari bir xil funksiyani bajaradi, lekin zamonaviy Linux tizimlarida apt buyrug‘idan foydalanish tavsiya etiladi.
3 APT buyruqlarining asosiy turlari
Paketlar ro‘yxatini yangilash
APT paketlari ma‘lumotlari tizimda kesh ko‘rinishida saqlanadi. Ushbu ma‘lumotlarni yangilash uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Bu buyruq internetdan paketlar ro‘yxatini va ularning versiyalarini yangilaydi.
Dastur o‘rnatish
Kerakli dastur yoki paketni o‘rnatish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Misol uchun, VLC media pleerini o‘rnatish uchun:
APT o‘rnatish jarayonida barcha bog‘liq paketlarni ham avtomatik ravishda yuklaydi.
O‘rnatilgan dasturlarni yangilash
Tizimdagi barcha dasturlarni yangilash uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Agar paketlarning yangi versiyalari mavjud bo‘lsa, ular avtomatik yangilanadi.
Dastur o‘chirish
O‘rnatilgan dasturni o‘chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Masalan, VLC dasturini o‘chirish:
Agar dastur bilan birga uning sozlamalari va kesh fayllarini ham o‘chirishni istasangiz, quyidagi buyruqdan foydalaning:
Yetim paketlarni tozalash
Ba‘zan tizimda endi ishlatilmaydigan paketlar qolib ketishi mumkin. Ularni tozalash uchun quyidagi buyruqni kiriting:
Bu buyruq ortiqcha paketlarni tizimdan o‘chirishga yordam beradi.
Paket haqida ma‘lumot olish
Har qanday paket haqida batafsil ma‘lumot olish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Masalan, VLC paketi haqida ma‘lumot olish:
Bu buyruq paketning tavsifi, versiyasi, bog‘liqliklari va boshqa ma‘lumotlarni ko‘rsatadi.
4 Amaliy maslahatlar
APT buyrug‘larini sudo bilan bajarish kerak, chunki paket menejerlarida administrator (root) huquqlari talab etiladi.
Har doim yangilanishdan oldin
sudo apt update
buyrug‘ini ishga tushiring.Yangi dastur o‘rnatishdan oldin uning tavsifi va bog‘liqliklarini tekshirish foydali bo‘ladi.
Xatolarni tuzatish
APT ishlash jarayonida ba‘zan xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. Quyida keng tarqalgan xatolar va ularni hal qilish usullari keltirilgan:
Paketlar zanjiri muammosi
Agar paketlar o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa yoki to‘g‘ri versiyalar mavjud bo‘lmasa, quyidagi buyruq yordam berishi mumkin:
Keshni tozalash
Ba‘zan paket keshida muammolar bo‘lishi mumkin. Buni tozalash uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Ushbu buyruq yuklab olingan paket fayllarini keshdan o‘chiradi.
Xulosa
Linux tizimida paket menejeri – bu tizimni samarali boshqarish uchun zarur vositadir. apt buyrug‘idan to‘g‘ri foydalanish orqali siz dasturlarni tez va oson o‘rnatishingiz, yangilashingiz va o‘chirishingiz mumkin. Ushbu qo‘llanmani amalda qo‘llab, Linux tizimingizni yanada qulay va barqaror boshqaring.
Last updated