C# Strings va Ular Bilan Ishlash
C# dasturlash tilida string — bu matnlarni saqlash uchun ishlatiladigan ma'lumot turi. String qiymatlari qo‘sh tirnoq ichida yoziladi (masalan, "Hello, World!"
). Stringlar System.String
klassiga asoslangan va ko‘plab qulay metodlar bilan boyitilgan.
Ushbu qo‘llanmada quyidagi bo‘limlarni batafsil ko‘rib chiqamiz:
Strings (Matnlar haqida umumiy tushuncha)
Concatenation (Stringlarni birlashtirish)
Interpolation (String interpolatsiyasi)
Access Strings (String elementlariga murojaat)
Special Characters (Maxsus belgilar)
1 Strings (Umumiy ma'lumot)
Stringlar matnli ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu o‘zgaruvchi uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidir. C# da string qiymatlarini yaratish va ishlatish oson.
Nazariy ma'lumot:
Deklaratsiya:
string
kalit so‘zi orqali string o‘zgaruvchisi e’lon qilinadi.Qiymat berish: String qiymatlari qo‘sh tirnoq ichida yoziladi.
Stringlar immutable (o‘zgarmas) hisoblanadi. Bir string qiymati o‘zgartirilsa, asl qiymat saqlanmaydi, yangi obyekt yaratiladi.
Misol:
String metodlari:
C# string obyektlari uchun ko‘plab metodlar mavjud:
Length
: String uzunligini qaytaradi.ToUpper()
,ToLower()
: Matnni katta yoki kichik harfga aylantiradi.Substring(startIndex, length)
: Matndan qism olib beradi.
Misol:
2 Concatenation (Stringlarni birlashtirish)
Stringlarni birlashtirish — ikki yoki undan ko‘p string qiymatlarni bitta stringga ulash jarayonidir.
Stringlarni birlashtirish usullari:
+
operatori yordamida:Stringlarni qo‘shish uchun foydalaniladi.
Misol:
String.Concat
metodi yordamida:Bir nechta stringlarni birlashtiradi.
Misol:
+=
operatori yordamida:O‘zgaruvchiga yangi string qiymatni biriktirish.
Misol:
3 Interpolation (String interpolatsiyasi)
String interpolatsiyasi — string ichida o‘zgaruvchilar yoki ifodalarni kiritish uchun qulay usul. Interpolatsiya $
belgisidan foydalanadi.
Nazariy ma'lumot:
O‘zgaruvchilar va ifodalar
{}
qavs ichida yoziladi.String interpolatsiyasi kodni o‘qilishini yaxshilaydi va to‘g‘ri formatda chiqaradi.
Misol:
Interpolatsiyada hisob-kitoblar:
Misol:
4 Access Strings (String elementlariga murojaat)
String belgilar ketma-ketligi sifatida qaraladi, va har bir belgiga indeks orqali murojaat qilish mumkin.
Nazariy ma'lumot:
Stringning har bir elementi indeks orqali olinadi.
Indeks 0 dan boshlanadi.
Metodlar:
[index]
:Belgilarni olish uchun ishlatiladi.
IndexOf
vaLastIndexOf
:Belgining qaysi indeksda ekanligini aniqlash uchun.
Misol:
Elementlarni siklda olish:
Misol:
5 Special Characters (Maxsus belgilar)
String ichida maxsus belgilarni kiritish uchun qochirish belgisi (escape character) ishlatiladi. Qochirish belgisi sifatida \
ishlatiladi.
Asosiy maxsus belgilar:
Belgilar
Tavsifi
Misol
Yangi qatorga o‘tish
"Salom\nDunyo"
Tab bo‘shliq qo‘shish
"Salom\tDunyo"
\\
Orqaga chiziq qo‘shish
"C:\\FaylManzil"
\"
Qo‘sh tirnoq qo‘shish
"Salom, \"Dunyo\""
\'
Yakka tirnoq qo‘shish
"Ali\'s kompyuteri"
Misol:
To‘liq Dastur Misoli
Quyida yuqorida ko‘rsatilgan barcha funksiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq dastur:
Kurib chiqdik siz bilan birga bugun.
Strings — C# da matnlarni boshqarish uchun asosiy vosita.
Concatenation — Stringlarni birlashtirishning turli usullari mavjud.
Interpolation — Stringlar ichida o‘zgaruvchilarni osongina joylashtirish imkoniyati.
Access Strings — Belgilarga indeks orqali murojaat qilish va manipulyatsiya qilish.
Special Characters — Maxsus belgilar yordamida stringlarni formatlash.
Last updated