Router va Switch konfiguratsiya qilish rejimlari
Tarmoq muhandislari va administratorlari uchun Cisco yo‘riqchilar (router) va kommutatorlar (switch) bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu qurilmalar tarmoqni boshqarish, marshrutlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatiladi. Cisco qurilmalarini samarali boshqarish uchun konfiguratsiya rejimlari ni tushunish va ulardan to‘g‘ri foydalanish lozim.
Cisco IOS (Internetwork Operating System) tarmoq qurilmalarini boshqarish uchun ishlatiladigan operatsion tizim bo‘lib, foydalanuvchi ushbu tizim bilan CLI (Command Line Interface) orqali ishlaydi. Cisco router va switch qurilmalarining konfiguratsiyasini o‘zgartirish va nazorat qilish uchun turli xil rejimlardan foydalaniladi.
Ushbu bo‘limda Cisco qurilmalarida mavjud bo‘lgan barcha asosiy konfiguratsiya rejimlarini ko‘rib chiqamiz.
Cisco Qurilmalaridagi Asosiy Rejimlar
Cisco router va switch qurilmalarini sozlash uchun quyidagi rejimlardan foydalaniladi:
1 User EXEC Mode (>
)
>
)Bu rejim foydalanuvchiga qurilmani tekshirish va asosiy buyruqlarni bajarish imkonini beradi, lekin tarmoq sozlamalarini o‘zgartirishga ruxsat bermaydi. User EXEC Mode faqat cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘lib, asosiy diagnostika va monitoring vazifalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Asosiy buyruqlar:
show version
– Qurilmaning joriy versiyasi va tizim ma’lumotlarini ko‘rsatadi.show interfaces
– Qurilmadagi interfeyslarning holatini tekshiradi.ping [IP]
– Tarmoq aloqasini sinash uchun belgilanayotgan IP manzilga paket yuboradi.exit
– Rejimdan chiqish.
2 Privileged EXEC Mode (#
)
#
)Bu rejim kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi va qurilmadagi konfiguratsiyani o‘qish va tarmoq muhitini chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Biroq, sozlash kiritish uchun hali Global Configuration Mode ga o‘tish kerak.
Asosiy buyruqlar:
enable
– User EXEC Mode dan Privileged EXEC Mode ga o‘tish.disable
– Privileged EXEC Mode dan User EXEC Mode ga qaytish.show running-config
– Qurilmaning joriy konfiguratsiyasini ko‘rish.copy running-config startup-config
– Joriy konfiguratsiyani saqlash.reload
– Qurilmani qayta yuklash.
3 Global Configuration Mode ((config)#
)
(config)#
)Bu rejimda foydalanuvchi qurilmaning barcha sozlamalarini o‘zgartirishi mumkin. Marshrutlash, interfeys sozlash va xavfsizlik parametrlarini o‘zgartirish ushbu rejim orqali amalga oshiriladi.
Asosiy buyruqlar:
configure terminal
– Global konfiguratsiya rejimiga o‘tish.hostname [nom]
– Qurilmaning nomini o‘zgartirish.interface [nomi]
– Muayyan interfeysni sozlash rejimiga o‘tish.exit
– Oldingi rejimga qaytish.
4 Interface Configuration Mode ((config-if)#
)
(config-if)#
)Bu rejim interfeyslarni sozlash uchun ishlatiladi. IP manzillarni tayinlash, portlarni yoqish yoki o‘chirish va boshqa interfeys konfiguratsiyalari shu rejim orqali amalga oshiriladi.
Asosiy buyruqlar:
ip address [IP] [Subnet Mask]
– Interfeysga IP manzilni o‘rnatish.no shutdown
– Interfeysni yoqish.shutdown
– Interfeysni o‘chirish.switchport mode access
– Switch portini faqat bitta VLAN uchun sozlash.speed [10 | 100 | 1000]
– Port tezligini o‘rnatish.
5 Line Configuration Mode ((config-line)#
)
(config-line)#
)Bu rejim tizimga masofaviy ulanish imkoniyatlarini boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Telnet yoki SSH orqali kirish huquqlarini o‘rnatish mumkin.
Asosiy buyruqlar:
line console 0
– Konsol portini sozlash rejimiga o‘tish.line vty 0 4
– Masofaviy ulanishlar (Telnet yoki SSH) uchun sozlash rejimiga o‘tish.password [parol]
– Kirish uchun parol o‘rnatish.login
– Foydalanuvchini autentifikatsiyadan o‘tkazish.exec-timeout [daqiqa]
– Faollik bo‘lmasa, terminal seansini avtomatik o‘chirish vaqtini belgilash.
6 VLAN Configuration Mode ((config-vlan)#
)
(config-vlan)#
)Bu rejim switchlarda VLAN larni boshqarish va sozlash uchun ishlatiladi. VLAN (Virtual Local Area Network) bu tarmoq segmentlarini mantiqiy bo‘lib ajratish imkonini beruvchi texnologiyadir.
Asosiy buyruqlar:
vlan [raqam]
– Yangi VLAN yaratish.name [nom]
– VLAN ga nom berish.exit
– Oldingi rejimga qaytish.show vlan brief
– Mavjud VLAN larni ko‘rish.
Xulosa
Cisco router va switch qurilmalarini samarali boshqarish uchun har bir konfiguratsiya rejimini yaxshi tushunish va ulardan to‘g‘ri foydalanish muhimdir. Har bir rejimning o‘ziga xos vazifalari bor va ular tarmoqni sozlash, optimallashtirish va muammolarni bartaraf etish uchun zarur.
Router va switch konfiguratsiya qilish rejimlarini o‘rganish orqali siz tarmoqni samarali boshqarish va xavfsiz ishlashini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Praktik mashg‘ulotlar orqali ushbu buyruqlar va rejimlarni chuqurroq o‘zlashtirish tavsiya etiladi.
Last updated