DNS (Domain Name System) Qanday ishlaydi ?
Last updated
Last updated
Ushbu diagramma DNS (Domain Name System) qanday ishlashini bosqichma-bosqich tushuntiradi. DNS – domen nomlarini IP manzillarga aylantiruvchi tizim bo‘lib, internetga kirishni osonlashtiradi.
Foydalanuvchi veb-saytni (masalan, http://mypage.com
) ochishga harakat qiladi.
Brauzer IP manzilni olish uchun DNS tizimini chaqiradi.
Local cache: Brauzer, operatsion tizim yoki router avvalgi so‘rovlar natijasini saqlagan bo‘lishi mumkin. Agar ma'lumot topilsa:
Veb-sayt IP manzili qaytariladi va ulanish amalga oshadi.
Agar topilmasa, so‘rov keyingi bosqichga o‘tadi.
Operatsion tizimdagi host faylini tekshiradi. Agar domen nomi bilan IP mosligi mavjud bo‘lsa, IP manzil qaytariladi. Aks holda, DNS resolverga so‘rov yuboriladi.
4. Root Server (Root DNS):
DNS resolver so‘rovni Root serverga yuboradi.
Root server "com" domen uchun qaysi yuqori darajadagi DNS (TLD) serverdan foydalanishni aytib beradi.
5. TLD Server:
DNS resolver TLD serverga so‘rov yuboradi (.com
uchun mas’ul server).
TLD server so‘rovni domenning rasmiy nom serveriga yo‘naltiradi.
6. Authoritative Name Server:
Bu server aynan shu domen uchun IP manzilni biladi.
Masalan, http://mypage.com
ning IP manzili shu yerda saqlanadi va qaytariladi.
IP manzil topilgach, u DNS resolver orqali brauzerga qaytariladi.
Brauzer ushbu IP manzilga ulanishni boshlaydi va foydalanuvchi talab qilgan veb-sayt ochiladi.
Umumiy jarayonning afzalliklari:
Domen nomlarini eslab qolish osonroq bo‘ladi (masalan, IP o‘rniga mypage.com
).
Kesh jarayoni internet tezligini oshiradi.
DNS qidiruvi iyerarxik tizim bo‘lib, samarali va xavfsiz.
Bu jarayon har bir internet ulanishda sodir bo‘ladi va odatda millisekundlar ichida amalga oshiriladi