Linux Operatsion Tizimida Dasturlarni O'rnatish
Linux operatsion tizimida dasturlarni o'rnatish bir necha xil usullar orqali amalga oshiriladi. Siz paket menejeri, qo'lda yuklab o'rnatish, yoki zip va rar formatdagi fayllarni ochish kabi usullardan foydalanishingiz mumkin. Quyida ushbu usullarni batafsil ko'rib chiqamiz.
Paket Menejeri orqali Dastur O'rnatish
Linux tizimlarida dasturlarni boshqarish uchun paket menejerlari mavjud. Ubuntu va Debian asosidagi tizimlarda apt
paket menejeri qo'llaniladi.
Avval tizimdagi paketlar ro'yxatini yangilaymiz va keyin dastur o'rnatamiz:
Izoh:
sudo apt update
– tizimdagi paketlar ro'yxatini yangilaydi.sudo apt install git -y
–git
dasturini o'rnatadi.-y
parametri esa o'rnatish jarayonida tasdiqlashni talab qilmaslik uchun ishlatiladi.
Dastur o'rnatilgach, uning versiyasini tekshirish uchun quyidagi buyruqni kiriting:
Bu buyruq git
dasturining versiyasini ko'rsatadi.
Zip yoki Rar Formatdagi Fayllarni O‘rnatish
Ba'zan dasturlar zip yoki rar formatda tarqatiladi. Bunday fayllarni dastlab arxivdan chiqarish kerak bo'ladi. Bu jarayonni unzip
yoki unrar
dasturlari yordamida amalga oshirish mumkin.
Zip formatdagi faylni chiqarish uchun:
Rar formatdagi faylni chiqarish uchun:
Arxivdan chiqarilgandan so'ng, fayllar ko'pincha install.sh
yoki setup.sh
nomli o'rnatish skriptini o'z ichiga oladi. Skriptni bajarish uchun quyidagi buyruqlarni kiriting:
Agar skript ishlamasa, README yoki INSTALL fayllarini o'qib, o'rnatish jarayonini ko'rsatmalar asosida davom ettiring.
Curl orqali Dastur O'rnatish
Ayrim dasturlar paket menejerlarida mavjud bo'lmasligi mumkin. Bunday hollarda curl
yordamida ularni internetdan yuklab olish va o'rnatish mumkin.
Misol uchun, Oh My Zsh
kengaytmasini o'rnatish uchun quyidagi buyruqdan foydalanamiz:
Buyruq bajarilgach, dastur avtomatik o'rnatiladi.
Git orqali Dastur yoki Plaginlarni O'rnatish
Git vositasi yordamida dasturlar yoki plaginlarni GitHub kabi manbalardan yuklash mumkin. Masalan, zsh-syntax-highlighting
plaginni quyidagicha yuklaymiz:
Yuklangan fayllarni kerakli joyga nusxalaganingizdan so'ng, uni faollashtirish uchun ko'rsatmalarga amal qiling.
Qo'lda Yuklab O'rnatish
Ba'zi dasturlarni rasmiy veb-saytlardan qo'lda yuklab olish talab qilinadi. Bu dasturlar odatda .deb
, .rpm
yoki .tar.gz
formatida bo'ladi.
.deb
formatdagi faylni o'rnatish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
Agar bog'liqlik muammolari yuzaga kelsa, quyidagi buyruq yordamida muammoni hal qiling:
Dasturlarni Yangilash
Tizimdagi barcha dasturlarni yangilab turish muhim. Yangilash uchun quyidagi buyruqlarni kiriting:
Izoh:
sudo apt update
– paketlar ro'yxatini yangilaydi.sudo apt upgrade -y
– o'rnatilgan dasturlarni yangi versiyalariga yangilaydi.
Qo'shimcha Maslahatlar
Har safar dastur o'rnatishdan oldin
sudo apt update
buyrug'ini ishga tushiring.Zip yoki rar arxivlarni chiqarishda maqsadli papkani oldindan tanlang.
O'rnatishdan oldin README yoki boshqa ko'rsatmalarni o'qib chiqing.
Faqat ishonchli manbalardan dasturlarni yuklang.
Ushbu qo'llanma orqali siz Linux operatsion tizimida dasturlarni oson va samarali o'rnatishingiz mumkin.
Last updated