Terminalni Shaxsiylashtirish
Last updated
Last updated
Linux foydalanuvchilari ko‘p vaqtlarini terminalda o‘tkazadilar. Shu sababli, terminalni o‘zingizga moslab shaxsiylashtirish, ko‘rinishini estetik va qulay qilish juda muhim. Bu ish unumdorligini oshiradi va ishlash jarayonidan zavq olishga yordam beradi.
Dastlab, terminal shell‘ini yangilaymiz. Standart bash shell‘i o‘rniga ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lgan zsh shell‘idan foydalanamiz. Bu huddi CMD‘dan PowerShell‘ga o‘tganday farq qiladi.
Shell‘ni o‘rnatish uchun quyidagi buyruqni kiriting:
Bu yerda:
zsh – yangi shell dasturi,
curl – internetdan fayllarni yuklash uchun vosita,
git – plaginlarni GitHub kabi manbalardan yuklash uchun kerak.
Shell o‘rnatilganidan so‘ng, Oh My Zsh nomli kengaytmani o‘rnatamiz. Bu kengaytma orqali terminalingiz ko‘rinishi va funksional imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin.
O‘rnatish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
O‘rnatish davomida sizdan standart shell‘ni zsh ga o‘zgartirish kerakmi, deb so‘raladi. Yozuvga “y” tugmasini bosib, tasdiqlang.
Terminal Temalari va Ranglar
Terminalingiz ko‘rinishini mavzu (tema) orqali o‘zgartirish mumkin. Oh My Zsh bilan birga ko‘plab tayyor mavzular keladi. Sizga yoqqan mavzuni tanlash uchun konfiguratsiya faylini (~/.zshrc
) tahrirlang va quyidagi satrni o‘zgartiring:
Plaginlar bilan Ishlash
Terminalingiz imkoniyatlarini kengaytirish uchun plaginlardan foydalaning. Masalan, “zsh-syntax-highlighting” plagini buyruqlarni rangli qilib ko‘rsatadi va xatolar haqida ogohlantiradi.
Plaginni o‘rnatish uchun quyidagi buyruqni ishlating:
Plagin muvaffaqiyatli yuklanganidan so‘ng, uni faollashtirish uchun ~/.zshrc
faylini tahrirlang va plugins massiviga quyidagi qatorni qo‘shing:
Faylni Saqlash va Amaliyotga Tatbiq Etish
Tahrirlashni tugatganingizdan so‘ng, CTRL + S tugmasini bosib faylni saqlang va CTRL + X tugmasi bilan fayldan chiqing. O‘zgarishlarni qo‘llash uchun quyidagi buyruqni kiriting:
Endi terminalingiz yangicha va samaraliroq ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Qo‘shimcha Maslahatlar
Terminal ranglarini sinovdan o‘tkazing va o‘zingiz uchun qulay sxemani tanlang.
Plaginlar va mavzular bilan tajriba qiling.
Aliaslar va avtomatik buyruqlar yordamida ish jarayonini optimallashtiring.
Mana endi, terminalingiz sizga mos ravishda sozlangan va undan foydalanish ancha yoqimli bo‘ldi!
Flazz – bu minimalist mavzu bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan seviladi. Boshqa mavzularni bu yerdan topishingiz mumkin: .